"Tabiatni o'rganing, ilhom oling va kashf qiling..." Toshkent shahrining markazida, Botanika bog'ining so'lim muhiti bilan tutash hududda joylashgan ushbu 470 m² maydonli, 2 qavatli uyning interyer loyihasi bir oilaning zamonaviy turmush tarzini ta'minlash uchun mo'ljallangan.
Bino strukturasi funksional zonalarga muvaffaqiyatli ajratilgan bo'lib, 1-qavatdagi ochiq yo'lak bino ichini ikkiga bo'ladi: chap qismda mehmonxona va yozgi oshxona, o'ng qismda esa umumiy xona, asosiy oshxona, yotoqxona va sanitar tugun o'rin olgan. 2-qavat esa oila a'zolarining shaxsiy hududi sifatida 1 ta kattalar va 2 ta bolalar yotoqxonasi uchun ajratilgan.
Interyerda zamonaviy minimalist uslub asos qilib olinib, tabiiy yog'och fakturalari, oq va yashil ranglar palitrasidan hamda loyihaning asosiy urg'usi hisoblangan maxsus o'simliklar zonasidan samarali foydalanildi.
Toshkent | 18-Yanvar, 2025-yil
F. Sharahmedov
-
A. Alimov, Sh. Xoliqulov, R Hakimova
470,0 м2
Dizayn loyiha
Bitgan