Kafe “Sohil bo'yi”

   Mijoz Toshkentdagi ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida bizning Parallel Architects byurosiga kafe loyihasini ishlab chiqishni taklif etdi. Loyiha Bo‘zsuv kanali bo‘yida, yashil hudud bilan o‘ralgan joyda joylashgan.
   Loyiha 3 ta alohida kafe binosidan iborat bo‘lib, ularning konstruksiyasi yog‘och materialdan quriladi. Hududning tabiiy relyefiga mos ravishda binolar bir va ikki qavatli qismlardan tashkil topgan. Tarzda yog‘och, tabiiy tosh va panoramali derazalardan foydalanilib, binolar atrof-muhit bilan uyg‘un holda yaratilgan.

   Kafe ichki makoni ovqat tayyorlash hududi hamda ochiq va yopiq tamaddi qilish hududlariga bo‘lingan. Loyihaning umumiy maydoni 496,4 m² bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljallangan.
   Ushbu loyiha tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Toshkent | 1-Iyul, 2024-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    F. Sharahmedov

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    I. Toirov, J. Saidxonov, U. Botirov

  • Maydoni:

    496,4 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -