Bugungi kunda yurtimizda ta'lim tizimiga e'tibor va talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Chunonchi, zamonaviy o‘quv talablari ham mukammallashib, yanada intensivlashib bormoqda. Aholi orasidagi ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida nafaqat umumiy o‘rta ta'lim maktablari rivojlanmoqda, balki ilg‘or xorijiy o‘quv dargohlari filiallari ham yurtimizga taklif qilinmoqda. O‘zbekistondagi “Cambridge International School” ham shunday o‘quv dargohlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarni jahon standartlari asosida o‘qitib kelmoqda.
“Cambridge International School” xalqaro maktab loyihasi Toshkent shahrining Yashnobod tumani uchun loyihalangan bo‘lib, hudud asosan o‘rta va past qavatli turar-joy binolari bilan o‘ralgan. Maktab umumiy to‘rt qavatdan iborat bo‘lib: 1-2-3-qavatlarda o‘quv, servis va ma'muriyat xonalari joylashgan, eng yuqori qavatda esa talabalar uchun yotoqxona joylashtirilgan. Bino turli yoshdagi o‘quvchilarni ajratish uchun bloklarga bo‘lingan. Loyihada talabalarning mustaqil shug‘ullanishini hisobga olib, rekreatsion va ochiq hududlar tashkil etishga ahamiyat berildi. Masalan, bino ichidagi ochiq hududlardan tashqari, tom qismlarida yashil terrasalar hamda ichki hovli loyihalangan. Binoning umumiy shakliga kelsak, yoqimlilik tasavvurini uyg‘otish maqsadida qirrasiz va dinamik shakllardan foydalanildi. Tashqi fasadda esa qizil, qora va metall rangidagi alyuminiy panellar qo‘llangan.
Toshkent | 8-Avgust, 2023-yil
F. Sharahmedov
S. Ilohunov
I. Toirov, M. Shukurov, M. Akbaraliyev
1500,0 м2
Loyiha
Tugallangan