O‘zbekistonning Olmaliq shahriga kiraverishda joylashgan bu masjid milliy an’analar asosida loyihalangan bo‘lib, u mahalliy aholi va mehmonlar uchun ma’naviy va funksional makon yaratadi. Markaziy bino uchta gumbazni ko‘tarib turuvchi to‘rtburchak shakllardan iborat bo‘lib, xonaqo esa uchta kvadrat maydonning qo‘shilishidan hosil qilingan. Qibla yo‘nalishi yo‘lga perpendikulyar joylashgani, masjidni mahobatli loyihalashga asos bo‘ldi.
Masjidning sharqida avtoturargoh, janubiy qismida imom xonasi, shimolida esa tahoratxona joylashgan. Bino bilan birga 65,5 metr balandlikdagi ikkita ajoyib minoralar ham loyihalashtirilgan.
Ranglar tanlashda qaymoq va tillaranglarning uyg‘unligi masjidning ko‘rkini yanada oshirgan va unga o‘ziga xos nafislik bergan.
Toshkent viloyati | 30-Avgust, 2024-yil
A. Abdurahimov
-
J. Rahimov, O. Obidov, M. Shukurov
30000,0 м2
Loyiha
Tugallangan