Shokolad do’koni Belloni

   Bu loyiha shokoladli buketlar tayyorlab sotishga mo‘ljallangan do‘kon bo‘lib, o‘ziga xos dizayn va tuzilishi bilan ajralib turadi. Loyihaning asosiy maqsadi do‘kon konstruksiyasini ichki muhit bilan uyg‘unlashtirib, mijozlar uchun qulay va estetik muhit yaratish edi. Do‘kon konstruksiyasi yog‘ochdan bo‘lib, yog‘och elementlariga maxsus rang berilgan. Bu yechim yog‘och konstruksiyasini xona bilan uyg‘unlashtirib, do‘konning zamonaviy va estetik qiyofasini shakllantiradi.
   Do‘kon ikki hududga bo‘lingan: 1-hudud kassani o‘z ichiga oladi. Bu hududda devor, konstruksiya va shift magenta rangiga bo‘yalgan. Magenta rangi xona elementlarini uyg‘unlashtirib, yorqin va jozibador muhit yaratadi. 2-hudud shokoladli buketlarni saqlash va sotish uchun mo‘ljallangan. Ushbu hududning devorlari, javon va vitrinalari moviy ko‘k rangga bo‘yalgan. Moviy ko‘k rang do‘konga tinchlantiruvchi va zamonaviylik muhitini bag‘ishlab, asosiy qismini ajratib turadi. Kassa oldidagi ishchi xona shokoladli buketlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bu hudud ham moviy ko‘k rangga bo‘yalgan bo‘lib, kassadan farqli muhitni shakllantiradi. 2-hududning shifti tekis qilib, ranglar orqali boshqa elementlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu yechim makonni vizual ravishda kengroq va yaxlitroq ko‘rsatadi.

   Mazkur dizayn yechimlari shokoladli buketlar do‘konini nafaqat qulay, balki vizual jihatdan jozibador qiladi. Yog‘och konstruksiyaning ranglar bilan uyg‘unligi, magenta va moviy ko‘k ranglarning qo‘llanilishi do‘konning har bir zonasiga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi.
   Do‘kondagi yorqin ranglar qiziqarli va jozibador muhit yaratib, mijozlarni o‘ziga jalb qiladi.

Toshkent | 31-Avgust, 2023-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    F. Sharahmedov

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    A. Alimov, Sh. Xoliqulov

  • Maydoni:

    44,8 м2

  • Darajasi:

    Dizayn loyiha

  • Holati:

    -