Poytaxtning sokin hudularidan birida joylashgan ushbu obyektimiz yosh oila talablariga mos ravishda loyihalangan. Loyiha 11-qavatda joylashganligi sababli sizga azim shaharning shimol va janub kengliklaridan zavq olishingizni ta'minlaydi.
Loyihaning umumiy xona qismi oshxona va xoll bilan bevosita bog'langanligi ular orasida hech qanday to'siqlarsiz harakatlanishga imkon beradi va shu bilan birga xonadonning visual kengligini oshiradi. Biroq, oshxona okean moviy rangi yordamida boshqa zonalardan estetik jihatdan ajralib turadi. Bolalar xonasiga kirib boruvchi tabiiy yorug'lik vitraj devor orqali kiradi, bu yechim nafaqat yorug'lik, balki xonadagi tabiiy ventilyatsiyani ham ta'minlaydi. Oq va anor ranglari kombinatsiyasida loyihalangan bolalar xonasidan farqli yotoqxonada kulrang va yashil ranglari dominantlik qiladi. Shu bilan birga ochiq rejali interyer mehmonlar uchun jamoaviy muhitni yaratadi. Iliq yoritish va ichki makonning xos ranglari xonadon egasi va tashrif buyuruvchilarni iliqlik va estetik huzur bilan qarshi oladi.
Toshkent | 30-Avgust, 2024-yil
F. Sharahmedov
-
A. Alimov, Sh. Xoliqulov
94,6 м2
Dizayn loyiha
Jarayonda