Bu ofis loyihasi 600 m² maydonda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 2963.6 m² ni tashkil etadi. Yon va orqa tomonlari turar joylar bilan o‘ralgan, old tomonda esa elchixona joylashgan. Bino tarzidagi alyumin panellar bilan qoplangan burchaklar loyihaning o‘ziga xos jihati bo‘lib, kunning turli vaqtlarida quyosh nuri ta’siridagi nur va soya o‘yini orqali turli xil ko‘rinishga ega bo‘ladi, natijada bino qiyofasi qiziqarli tarzda o‘zgarib turadi.
Binoda ikki xil rang – och kulrang va kordovon rangidan foydalanilgan. Bino 7 qavatli bo‘lib, tomida ochiq terrasa joylashgan. Yerto‘la qavatida 10 ta avtomobil uchun avtoturargoh, birinchi qavatda 320 m² maydonga ega savdo do‘koni, ikkinchi qavatda 124 m² maydonga ega soch turmaklash saloni va 125 m² maydonli ofis xonalari joylashtirilgan. Qolgan qavatlarda har birida 265 m² maydonni tashkil etuvchi ofis xonalari mavjud. Loyihada yashil energiyadan ham foydalanilgan bo‘lib, bu binoning ekologik jihatlarini oshiradi.
Toshkent | 1-Dekabr, 2023-yil
F. Sharahmedov
-
I. Toirov, M. Xaydarov
600,0 м2
Eskiz loyiha
-