Ushbu 370 m2 maydonga ega turar joy binosi Toshkent shahrida yashash uchun juda qulay orientatsiya sharoitida joylashgan. Asosiy g'oyamiz xonadon a'zolari sonining ko'pligi uchun hovli qismini an'anaviy turar joy binolarimiz prinsipiga muvofiq ichki va tashqi qisimlarga ajratish bo'ldi, shu bilan birga loyiha tarhi erkin bo'lishi uchun harakat qildik. Binoning tarz qismi dinamik shakllardan va kontrast rangdagi tabiiy materiallardan tashkil topgan, masalan tosh va yog'och kabi, bundan maqsad qiziqarli va oqilona yechimga erishish bo'ldi.
Xonadon umumiy ikki qavat va tomda yopiq terrasa qisimlaridan iborat. Ikkinchi qavatda ochiq terrasa mavjud bo'lib, xonadon sohiblari uchun issiq kunlarda qulay dam olish maydoni yaratadi. Hududlarda tabiiy toshlar va o'simliklar bo'lishiga katta urg'u berildi. Ichki hovlidagi yozgi oshxona xonadon sohiblarining yoz kunlari asosiy vaqt o'tkazuvchi joyi bo'lib, o'simliklar bilan o'zaro bog'lanib yanada salqinlik va sokinlikni ta'minlab beradi.
Toshkent | 5-May, 2022-yil
F. Sharahmedov
G. Norkulova
M. Shukurov, Sh. Xoliqulov
370,0 м2
Loyiha
Jarayonda