Turar joy 3-Charx Kamolon

    Bu turar joy binosi mahalliy loyihalardan zamonaviyligi va shinamligi bilan yaqqol ajralib turadi. Bino yarim qavat farqi bilan 6 sathdan iborat. Bundan maqsad uy sathlarida zinapoyalardan qulay foydalanish. Binoning tomida yoz mavsumida  foydalanish uchun terassa joylangan. Binoning hovli tomonida ayvoni bo‘lib,  havo aylanishini taʼminlovchi quduqsimon tik yo‘lak bilan bog‘langan. Bu bog‘lanish ayvonni sof  havo bilan taʼminlaydi. Turar joy binosini loyihalashda mijozning oila aʼzolari soni va hayot tarzi o‘rganilib yechim berildi. 
   Binoning tarz qismida g‘isht tanlashimizga sabab, bizning mintaqa keskin kontinental iqlimga egaligi edi. G‘isht terilishida yorug‘lik va shamollatishda foydalanish uchun teshiklar qoldirdik. Yana g‘ishtni bo‘rttirib terish bilan bezak hosil qilindi. G‘isht bizga tarzni qiziqarli va vazifali bo‘lishida foydali bo‘ldi.
  Turar joy binosida mijozga qo‘shimcha qulaylik yaratish uchun avtomobilni elektr zaryadlash qurilmasi, yoritgichlarni avtomatik yoqib o‘chiruvchi harakatni sezuvchi qurilmalardan foydalanildi.

Toshkent | 25-Iyun, 2022-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    O. Obidov

  • Loyiha bosh enjineri:

    G. Norkulova

  • Arxitektor:

    S. Azimov, I. Toirov

  • Maydoni:

    597,0 м2

  • Darajasi:

    Loyiha

  • Holati:

    Jarayonda