Xonadon “Sayram”

   Toshkent shahrida 65.8 kv.metrli zamonaviy 2 xonali xonadon loyihasi. Xonadoni loyihalashimizda buyurtmachi ko‘p vaqtini o‘tkazadigan umumiy xona keng, yotoqxona esa shinam bo‘lishini hamda klassik uslubdan ham foydalanishimizni so’ragan. Xonadon murakkabligi ko’p tomonli shakllida edi. Loyihada umumiy xona tarh markaziga olindi va yotoqxonadan burchak shaklidagi shishali devor bilan ajratildi. Shishali devor umumiy xonani tabiiy yorug’lik bilan taʼminlashga imkon beradi. Tamaddi xonali oshxonani umumiy xonadan oshxona orolchasi ajratib turadi. Shinam yotoqxonada kunlik kiyimlar uchun metall karkasli stellaj qo’yildi. Xonadonga kirish yo’lagidan unumli foydalanish maqsadida mavsumiy kiyimlar uchun shkaf joylandi. Xona devorlarida yorug’likni hamda avangard  rasmlarni diqqat markaziga yo’naltirishni taʼminlashi uchun oq rangli bo‘yoqlardan foydalanildi.

Toshkent | 1-Yanvar, 2023-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Sharahmedov. F.

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Shukurov. M, Tursunboyev. B.

  • Maydoni:

    65,8 м2

  • Darajasi:

    Dizayn loyiha

  • Holati:

    Bitirilgan