Xonadon “Qorasaroy”

  Ushbu umumiy 135 m2 maydonga ega turar joy xonadoni Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, katta oila uchun loyihalandi. Loyihamizda dinamik chiziqlar va yorqin ranglar alohida ahamiyatga ega. Xonadon markazi va eng aktiv hudud bu oshxona va umumiy xona birlashtirilgan katta zal bo‘lib u shuningdek bolalar xonasi bilan vitraj orqali ajratilgan. Asosiy material sifatida yog‘och, beton va metalldan foydalanilgan bo‘lsada bolalar xonasida jo‘shqin ranglardan ishlatilgan. Xonadonda yerto‘la qavati ham mavjud, u sport jihozi va dam olish uchun yumshoq mebellar bilan jihozlangan. 

Toshkent | 5-Dekabr, 2020-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Shorahmedov. F.

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Nigmatov.S, Toirov.I

  • Maydoni:

    135,0 м2

  • Darajasi:

    Dizayn loyiha

  • Holati:

    Bitirilgan