"Yaxshi dizayn bu estetik hamda yetarlicha kam dizayndir" Diter Rams. Ushbu interyer dizayni loyihasi Edu Expo o'quv markazining 4-5 qavatlari uchun bajarildi. 5-qavat qismi esa administrativ xonalardan tashkil topgani uchun ham biroz jiddiyroq va primitiv. Loyihada ortiqcha ranglar va detallardan qochilgan, xona devorlar ham yog'och teksturali, oq va qora panellar hamda yuzalardan iborat. Vitraj devorlar va gorizontal yoritgichlar orqali xonalar erkin bo'lishi ko'zda tutilgan. Xona jihozlari ham o'ziga hos minimal va estetik jihatlarga ega.
Toshkent | 18-Fevral, 2021-yil
Sharahmedov. F.
-
Nigmatov. S, Toirov. I, Tursunboyev. B.
637,3 м2
Dizayn loyiha
Tugallangan