R/4-uy

Loyihada Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan yakka tartibdagi turar joy binosi 400 м2 ga mo'ljallangan. Loyihaning asosiy maqsadi – sharqiy va g'arbiy arxitektura uslublarini birlashtirgan holda mintaqa sharoitlariga mos yangi arxitektura yaratish. Bizning shahar va tumanlardagi yakka tartibdagi uylarning ko'pchiligi bir-biriga juda yaqin va zich joylashgan bo'lib, bu holatning o'ziga hos salbiy tomonlari ham bor. Bizning loyihada, ushbu jihatni hisobga olib, binoni to'rt tomonlama shamol aylanishini ta'minlagam holda joylashtirdik. Xonalar har xil sathda joylashgan bo'lib, oila a'zolariga qo'shimcha qulaylik yaratadi. O'zbekistonning keskin kontinental mintaqada joylashganini hisobga olib, mustahkam va bardoshli qurulish materiallar tanlandi. Yozgi oshxona va ayvonlar ichki muhitini tashqi muhit bilan bog'lab turadi va ular insolyachiya qoidalariga muvofiq joylashtirildi.

Tashkent | 21-Aprel, 2021-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Azimov Saidakrom

  • Loyiha bosh enjineri:

    Obidov.O

  • Arxitektor:

    Lavrov.D, Azimov.S

  • Maydoni:

    400,0 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -