Ko’p qavatli turar joy UZBOOM

   Ushbu ko’p qavatli turar joy binosi loyihasi shahar chekkasidagi yashash hududidagi eski  omborxona inshoati o’rniga  loyihalandi. Buyurtmachining talablariga binoan xonadonlar komfort klassda va asosiy ko’cha tomonda pastki qavatlar savdo do’konlari va ofislar, umumiy qilib aytganda tijoriy maqsadlar uchun mo’ljallandi. Konseptsiyamizga ko’ra bino hovlisi tashqi hududdan balandligi va yopiqligi orqali ajratilib istiqomatchilarga o’zlarining shaxsiy hududlarini yaratishga imkon berish edi. Shuningdek, bino shakli atrofdagi inshootlar hajmini inobatga olib qavatlar zinasimon shaklda loyihalandi, chunonchi binoning umumiy silueti eski shahar mahallalari siluetini yodga soladi. Xususan ushbu shakl xonadonlar uchun  terrasalar yaratib  oilalarning o’z hovlilari va xonadonlari bilan birga yanada erkinroq yashashlariga sharoit yaratadi. Shuningdek, kontekstdagi binolar ko’rinishiga bilaks tarzda konseptsiyamizda tashqi material sifatida yorqin rangdagi materiallardan foydalandik.

Toshkent | 9-May, 2023-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    F. Sharahmedov

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    I. Toirov, M. Shukurov

  • Maydoni:

    2000,0 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -