Bu loyihamizda mijoz bilan boshidan kelishib oldik, oq ranglarni ishlatishga. Sababi, kvartirani hajimi katta emas edi, bizlar esa maksimal darajada harakat qildik, vizual kenglikni hosil qilishga. Mehmonxona bilan oshxonani o'rtasidagi devorni olib tashab, uning o'rniga shisha devorni taklif berdik, chunki, xonadon egasi, ovqat tayyorlashni hush ko'rar ekanlar. Bu esa, ovqat tayyorlash payitida mehmonlar bilan birga qizg'in suhbatlar olib borishini imkoniyatini beradi. Mebel va jihozlarimizni aksaryati, monohrom rangda tanlangan. Xonadon egasini yotoqxonasida, milliy yapon arxitekturasidan ilhomlandik. Krovat huddi, yerda ko'tarilib, havoda «suzib» turgandek effektini yaratishga harakat qildik.
Tashkent | 20-Iyul, 2021-yil
Shorahmedov.F
-
Shorahmedov.F Akbaraliev.M Alimov.A
100,0 м2
Loyiha
Bitirilgan