Marg‘ilon shahriga loyihalashtirilgan ushbu zamonaviy bino 400 m² hududni egallaydi. Bino shakli ikki yonma-yon joylashgan to‘g‘ri to‘rtburchak va ularni yuqoridan bog‘lovchi gorizontal to‘rtburchakdan iborat. Fasadda somon suvoq, tabiiy tosh bo‘laklari va shiyponni yopish uchun qamishdan foydalanish rejalashtirilgan. Bu materiallar nafaqat iqlimga salbiy ta’sirni kamaytiradi, balki arzon va tabiiyligi bilan ajralib turadi.
Birinchi qavatda keng ayvon hovlini ichki va tashqi qismlarga ajratadi. Ayvonda binoning asosiy kirish eshigi va yozgi oshxona joylashgan. Ichkarida mehmonxona, oshxona, dam olish xonasi hamda hojatxona-hammomli yotoqxona mo‘ljallangan. Xolldagi zina ikkinchi qavatga olib chiqadi. Bu yerda ikki bolalar yotog‘i, umumiy hojatxona-hammom va shiyponli terrasa rejalashtirilgan.
Yerto‘la qavatida kabinet va kir yuvish xonasi joylashadi. Tashqariga bevosita tutashgan avtoulov xonasi esa qozonxona bilan yonma-yon loyihalashtirilgan. Ushbu loyiha qulaylik va tabiiylikni uyg‘unlashtirgan, zamonaviy hayotga mos mukammal yashash joyidir.
Marg'ilon | 17-Aprel, 2023-yil
F. Sharahmedov
O. Obidov
I. Toirov, M. Shukurov
331,8 м2
Loyiha
Jarayonda