Loyiha Latviyaning yashil o‘rmonlari va sokin ko‘l bo‘ylarida joylashgan bo‘lib, ikki nafar rassom o‘z oilalari bilan birga yashab, ijod qilishlari uchun mo‘ljallangan. Loyihada yashash uchun qulaylik yaratish, ombor va ijodiy ustaxonani birlashtirgan bino barpo etish talab qilingan.
Ikki yashash bloki o‘rtasida rassomlar oilalari uchun umumiy veranda va terrasa joylashtirilgan bo‘lib, u yerda ular birga vaqt o‘tkazib, dam olishlari mumkin. Ikki qavatli yashash bloklari yog‘ochdan qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning eng o‘ziga xos elementi – bu ustaxonadir. Rassomlar tabiat bilan uyg‘unlashib, har qanday vaqtda manzaradan ilhomlanishlari uchun ustaxona devorlari shaffof qilib loyihalashtirilgan. Ombor esa boshqa bloklardan sal narida, yog‘ochdan qurilishi rejalashtirilgan.
Shimoliy tomonda joylashgan katta derazalar orqali yog‘och bino ko‘lning go‘zalligini aks ettiradi. Veranda va terrasa nafaqat dam olish uchun, balki rassomlar oilalari orasida ijodiy fikr almashishga xizmat qiladi. Oddiy shakllar va tabiiy ranglar bilan ishlangan bino zamonaviy minimalizmni ifodalaydi va umumiy g‘oya mahalliy arxitektura uslubidan ilhom olgan.
Rezekne | 2-Dekabr, 2022-yil
F. Sharahmedov
-
I. Toirov, M. Shukurov, Sh. Xoliqulov
298,5 м2
Eskiz loyiha
-