Turar joy Majnuntol

   Loyiha Toshkent shahrining yangi mahallasi – Majnuntolda joylashgan. Umumiy maydoni 2500 m² bo‘lgan ko‘p burchakli, trapetsiya shaklidagi hududni egallaydi.
   Turar joy yashash, dam olish va avtoulov xonalaridan iborat uchta blokka bo‘lingan. Yashash bloki uch qavatli bino bo‘lib, unda sport xonasi, umumiy xona, ovqat tayyorlash xonasi va yotoq xonalari joylashgan. Dam olish bloki katta hovuz, sauna, hammomlar hamda mehmonlar uchun yashash hududlarini o‘z ichiga olgan bir qavatli bino. Avtoulov xonasi keng bo‘lib, ikki avtomobil uchun mo‘ljallangan.
   Binoning loyihalashda g‘isht, tabiiy tosh plitalar va yog‘ochdan foydalanilgan bo‘lib, bu ashyolar uning uzoq vaqt davomida go‘zal ko‘rinishda saqlanishiga xizmat qiladi. Binoda kontrast ranglardan foydalanish umumiy kompozitsiya muvozanatini ta’minlagan.

Toshkent | 22-Avgust, 2022-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    F. Sharahmedov

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    M. Shukurov, M. Akbaraliyev

  • Maydoni:

    746,0 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -