Loyihada Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan yakka tartibdagi turar joy binosi 400 m2 ga mo‘ljallangan. Loyihaning asosiy maqsadi – sharqiy va g‘arbiy arxitektura uslublarini birlashtirgan xolda mintaqa sharoitlariga mos yangi arxitektura yaratish. Bizning shahar va tumanlardagi yakka tartibdagi uylarning ko‘pchiligi bir-biriga juda yaqin va zich joylashgan bo‘lib, bu holatning o‘ziga xos salbiy tomonlari xam bor. Bizning Loyihada, ushbu jihatni hisobga olib, binoni to‘rt tomonlama shamol aylanishini taʼminlagan xolda joylashtirdik. Xonalar xar xil sathda joylashgan bo‘lib, oila aʼzolariga qo‘shimcha qulaylik yaratadi. O‘zbekistonning keskin kontinental mintaqada joylashganini hisobga olib, mustahkam va bardoshli qurilish materiallari tanlandi. Yozgi oshxona va ayvonlar ichki muhitni tashqi muhit bilan bog‘lab turadi va ular insolyatsiya qoidalariga muvofiq joylashtirildi.
Toshkent | 20-Iyun, 2022-yil
Saidakrom Azimov
-
-
400,0 м2
Eskiz loyiha
-