Shaxsiy turar joy loyihasi | Ж.М-2.22

   Biz Marg'ilon shahri uchun bo'lajak turar joy loyihamizni mahalliy iqlimiy talablar,  buyurtmachining istagi hamda zamonaviy arxitektura tendensiyalariga muvofiq  yaxlit va ichki muhitga ko'proq urg'u bergan holatda yaratdik.
   Konseptsiyaga ko'ra binoning umumiy hajmi ikki prizma shakllarining o'zaro bog'lanishi orqali hosil qilingan, bundan maqsad aktiv va passiv zonalarni bir biridan ajratish,  ichki hovlini tabiiy yorug'lik va ventilyatsiyadan uzib qo'ymaslik hamda tom qismida keng terrasa hududini yaratish bo'ldi. An'anaviy g'isht materialining barcha yuzalarda bir rangda foydalanilishi ob'ektga oddiylik  va zamonaviylik ruhiyatini beradi. Shuningdek ichki muhitda xonalar o'zaro erkin bog'langan va asosiy markaz sifatida 1-qavatdagi ko'p funksiali holl xizmat qiladi.

Marg'ilon | 1-Noyabr, 2022-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Obidov. O.

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Sharahmedov. F, Toirov. I, Alimov. A.

  • Maydoni:

    800,0 м2

  • Darajasi:

    Loyiha

  • Holati:

    Jarayonda