Bu loyihamizda mijoz bilan boshidan kelishib oldik, oq ranglarni ishlatishga. Sababi, kvartirani hajmi katta emas edi, bizlar esa maksimal darajada harakat qildik, vizual kenglikni hosil qilishga. Mehmonxona bilan oshxona o'rtasidagi olib tashlab,uning o'rniga shisha devorni taklif berdik,chunki, xonadon egasi, ovqat tayyorlashni xush ko'rar ekan. Bu esa, ovqat tayyorlash vaqtida mahmonlar bilan qizg'in suhbatlar olib borishni imkoniyatini beradi. Mebel va jihozlarni aksariyati, monoxrom ranglar tanlangan. Xonadon egasining yotoqxonasida, milliy yapon arxitekturasidan ilhomlandik. Yotoq huddi, yerda ko'tarilib, havoda «suzib» turgandek effektini yaratishga harakat qildik.
Tashkent | 21-Yanvar, 2023-yil
-
-
-
1,0 м2
-
-