Sh/5-uy

Ushbu 370 m.kv maydonga ega turar joy binosi Toshkent shahrida yashash uchun juda qulay orientatsiya sharoitida joylashgan. Asosiy g`oyamiz xonadon azolari sonining ko`pligi uchun hovli qismini an`anaviy turar joy binolarimiz prinspiga muvofiq  ichki va tashqi qismlarga ajratish bo`ldi, shu bilan birga loyiha plani erkin bo`lishi uchun harakat qildik. 
  Binoning fasad qismi dinamik shakllardan va kontrast rangdagi tabiiy  materiallardan tashkil topgan, masalan tosh va yog`och kabi, bundan maqsad qiziqarli va oqilona yechimga erishish bo`ldi.
  Xonadon umumiy  ikki qavat va tomda yopiq terrasa qismlaridan iborat. Ikkinchi qavatda ochiq terrasa mavjud bo`lib, xonadon sohiblari uchun issiq kunlarda qulay xordiq makonini yaratadi. Hududlarda tabiiy toshlar va o`simliklar  bo`lishiga katta urg`u berildi. Ichki hovlidagi yozgi oshxona xonadon sohiblarining yoz kunlari  asosiy vaqt o`tkazuvchi joyi bo`lib  o`simliklar bilan o`zaro bog`lanib yanada salqinlik va sokinlikni ta`minlab beradi.

Tashkent | 21-Yanvar, 2022-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Obidov. O

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Shorahmedov. F, Shukurov. M

  • Maydoni:

    370,0 м2

  • Darajasi:

    Loyiha

  • Holati:

    Qurilmoqda