Ushbu ko`p qavatli turar joy binosi loyihasi shahar chekkasidagi yashash hududidagi eski omborxona inshooti o`rniga loyihalandi. Buyurtmachining talablariga binoan xonadonlar komfort klassda va asosiy ko`cha tomonda pastki qavatlar savdo do`konlari va ofislar, umumiy qilib aytganda tijoriy maqsalar uchun mo`ljallandi.
Konseptsiyamizga ko`ra bino hovlisi tashqi hududdan balandligi va yopiqligi orqali ajratilib istiqomatchilarga o`larining shaxsiy hududlarini yaratishga imkon berish edi. Shuningdek, bino shakli atrofdagi inshootlar hajmini inobatga olib qavatlar zinasimon shaklda loyihalandi, chunonchi binoning umumiy silueti eski shahar mahallalari siluetini yodga soladi. Xususan ushbu shakl xonadonlar uchun terrasalar yaratib oilalarning o`z hovlilari va xonadonlari bilan birga yanada erkinroq yashashlariga sharoit yaratadi. Shuningdek, kontekstdagi binolar ko`rinishiga bilaks tarzda konseptsiyamizda tashqi materiali sifatida yorqin rangdagi materiallardan foydalanildik.
Tashkent | 15-May, 2023-yil
Obidov. O
-
Shorahmedov. F, Rahimov. J, Toirov. I, Shukurov. M,
6915,0 м2
Eskiz loyiha
Loyiha