R/2-uy

Loyihada Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan yakka tartibdagi turar-joy binosi 400 м2 ga mo'ljallangan. Loyihaning asosiy maqsadi – sharqiy va g'arbiy arxitektura uslublarini birlashtirgan holda mintaqa sharoitlariga mos yangi arxitektura yaratish. Bizning shahar va tumanlardagi yakka tartibdagi uylarning ko'pchiligi bir-biriga juda yaqin va zich joylashgan bolib, bu holatning o'ziga hos salbiy tomonlari ham bor. Bizning loyihada, ushbu jihatni hisobga olib, binoni to'rt tomonlama shamol aylanishini ta'mirlagan holda joylashtirdik. Xonalar xar hil sathda joylashgan bo'lib, oila a'zolariga qo'shimcha qulaylik yaratadi. O'zbekistonning keskin kontinental mintaqada joylashganligini hisobga olib, mustahkam va bardoshli qurilish materiallari tanlandi. Yozgi oshxona va ayvonlar ichki muhitni tashqi muhit bilan bog'lab turadi va ular insolyatsiya qoidalariga muvofiq joylashtirildi.

Tashkent | 21-Yanvar, 2023-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Obidov. O

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Lavrov. D, Azimov. S

  • Maydoni:

    400,0 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -