Xonobod zavod

Sanoat inshooti deganda ko`pchilik insonlar ko`z o`ngiga qop-qora va uzun quvurlaridan og`ir tutunlar taratayotgan binolar kelishi shubhasizdir. Ammo biz yangi to`qimachilik zavodi loyihamizda tasavvurlarni o`zgartirishga harakat qildik . Baland tog`lar, keng adirlar  va ular hamohangligida  kapalaksimon tomlarning dinamik siluetlarini kuzatish  va ulardan zavq olish mumkin. Albatta, bunday konstruktiv yechim shunchaki estetik maqsadlar uchun ko`zlanmadi, zavod inshooti texnologik jarayonlari ham bunga yechimga kelishimizga turtki bo`ldi,  shu bilan birga yirik derazalar qo`yishga va ichki hududlarni keng yoritishga yol  ochdi. Fasad qismidagi korrida va kulrang palitradagi panellar kompozitsiyasi og`ir mehnatdagi ishchi hodimlarga pozitiv kayfiyat va tetiklik ulashadi. Shuningdek inshoot hududida yashil maydonlarni saqlab qolishga va asosiy e`tibor markazida bo`lishiga katta ahamiyat berdik.

Tashkent | 23-Yanvar, 2021-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    Obidov.O

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Shorahmedov.F Toirov.I Shukurov.M

  • Maydoni:

    19997,9 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -