Kurandza

Yiroq mamlakat va begona madaniyatli xalq  uchun ayollar o`quv binosi loyihasini amalga oshirish bizdan ko`plab savollar va muammolar ustida izlanishlar olib borishga turtki berdi. Archstorming dasturi talablariga binoan, biz binoning iqtisodiy tarafdan kamharj, shu bilan birga  kerakli qurilish materiallarining asosiy qismini Mozambikdagi mahalliy resurslar orqali ta`minlana olishiga bor diqqatimizni qaratdik.  
Dastavval, funksional hududi administrativ, o`quv va xo`jalik qismlarga ajratildi, shu bilan birga  mavjud ko`p yillik daraxtlarni loyihaning muhim funksional bir qismiga aylantirishga va saqlab qolishga harakat qildik.  Turli maqsaddagi xonalarni tabiiy shamol aylanishi, salqinlik hamda ortiqcha shovqindan himoyalash uchun alohida bloklarga ajratib chiqdik. Shuningdek, interyer qismlarini maksimal salqinlatishga erishish uchun shift  qismini metal tom elementlar ostigacha butkul  ochiq qoldirdik hamda tashqi devorlarni Afrika madaniy motivlarini eslatuvchi panjara g`ishtlar orqali hosil qildik. Va nihoyat hovlining orqa qismida maktabning moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun  biriktirilgan kichik tomorqa va aholi uchun umumiy hojatxonalar joylashtirildi.

Mozambique | 23-Yanvar, 2022-yil

  • Loyiha bosh arxitektori:

    -

  • Loyiha bosh enjineri:

    -

  • Arxitektor:

    Shorahmedov.F Toirov.I Xoliqov.Sh

  • Maydoni:

    2570,0 м2

  • Darajasi:

    Eskiz loyiha

  • Holati:

    -