'yaxshi dizayn bu estetik hamda yetarlicha kam dizayndir' Diter Rams. Ushbu interyer dizayni loyihasi Edu Expo o'quv markazining 4-5 qavatlari uchun bajarildi. 4-qavat asosan yoshlar uchun xizmat ko'rsatuvchi ofis va imtixon olish xonalaridan iborat bo'lib konseptsiyaning dinamik va o'ziga tortuvchi bo'lishiga sabab bo'ldi. Plan markazi bu asosiy holl qismidir. Xonalar devorlari va mebellari yorqin ranglar va jo'shqin shakllardan iborat. Shuning bilan birga yuzalardagi turli illustratsiyalar va mottolar mehmonlarga pozitivlik va aktivlik kayfiyatini berib turadi. 5-qavat qismi esa administrativ xonalardan tashkil topgani uchun ham biroz jiddiyroq va primitiv. Loyihada ortiqcha ranglar va detallardan qochilgan, xona devorlar ham yog'och teksturali, oq va qora panellar hamda yuzalardan iborat. Vitraj devorlar va gorizontal yoritgichlar orqali xonalar erkin bo'lishi ko'zda tutilgan. Xona jihozlari ham o'ziga hos minimal va estetik jihatlarga ega.
Tashkent | 23-Yanvar, 2022-yil
Obidov.O
-
Shorahmedov.F Rahimov.J Shukurov.M
950,0 м2
Dizayn loyiha
Bitirilgan